Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari tahlil qilindi

Iqtisodiy o‘sish sur’atlari tahlil qilindi

10.07.2026 soat 13:58E'lonMatbuot32

Iqtisodiy o‘sish sur’atlari tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 aprel kuni joriy yilning birinchi choragida hudud va tarmoqlardagi iqtisodiy o‘sish tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida joriy yilning birinchi choragida erishilgan makroiqtisodiy natijalar ko‘rib chiqildi. Xususan, yalpi ichki mahsulot 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga o‘sdi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investisiyalar hajmi 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyasiya yillik hisobda ilk bor 7,1 foizgacha pasaydi.
Buning hisobiga yanvar-mart oylarida byudjet daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payib, 103 trillion so‘mga yetdi. Mahalliy byudjetlarda qo‘shimcha 2 trillion 200 milliard so‘m mablag‘ shakllandi. Muhimi, shundan 1 trillion 400 milliard so‘mi tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirildi.
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni xalqaro miqyosda yangi bosqichga olib chiqish uchun tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Jumladan, kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizi ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqarilishi qayd etildi. Bu Milliy investisiya jamg‘armasi tashkil etilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvi nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berilgani bilan bog‘liq. Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’lon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali O‘zbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolayotgani qayd etilgani ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yil mamlakatimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti moʻtadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi.
Yig‘ilishda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish masalalari alohida tahlil qilindi. Joriy yil banklar orqali ushbu yo‘nalishga 140 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Kichik biznesga berilgan har 1 milliard so‘m kredit hisobiga Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.
Biroq Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 1 milliard so‘mlik kreditga o‘rtacha 3 ta ish o‘rni to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bois, kredit resurslarini taqsimlashda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Soha mas’ullariga tuman banklarini sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘qitishni boshlash, banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi. Bu platforma tadbirkorlarga kredit olish uchun loyihaning parametrlari, risklari va bozordagi talabni tahlil qilib, tayyor yechimlar berishi kerakligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda inflyasiyani jilovlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari iqtisodiyot o‘sgani bilan agar inflyasiya ham oshsa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmasligini ta’kidladi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (1)