
"YOZGI UNIVERSITET" xalqaro ta'lim dasturi ishtirokchisi bo'ling!
Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2025-yil 21-iyuldan 3-avgustgacha Qozon, Krasnoyarsk va Yekaterinburg shaharlarida joylashgan federal universitetlar bazasida “Yozgi universitet” xalqaro ta’lim dasturi o‘tkaziladi!
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi – ishtirokchilarga yuqori sifatli ta’lim olish, Rossiyaning boy madaniyati, urf-odatlari va an’analari bilan tanishish imkoniyatini yaratishdir.
Tanlovda kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriatning 3 va 4-bosqich talabalari.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
1-apreldan 12-maygacha
Tanlov yakuni: 30-may 2025-yil
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar uchun:
Transport xarajatlari (borish-kelish) qoplanadi
Bepul yashash va ovqatlanish bilan ta’minlanadi
Ta’limiy va madaniy dasturlar tashkil etiladi
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
https://summeruniversity.ru/
Bu — bilim va xalqaro tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyat!
Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish muddati tugash arafasida!


