
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti akademik halollik va ilmiy-tadqiqot etikasi kodeksi
Akademik halollik va ilmiy-tadqiqot etikasi ta’limning samaradorligini
oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va mamlakatda har qanday fanni
rivojlantirishning asosiy ustunlari hisoblanadi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut deb
yuritiladi) akademik halollik va ilmiy-tadqiqot etikasi bo‘yicha xalqaro tan olingan
standartlarni e’tirof etadi. Institut mazkur standartlarni joriy qilish maqsadida o‘z
faoliyatida akademik halollik va ilmiy-tadqiqot etikasi qoidalariga qat’iy rioya
qilishni, kadrlar tayyorlash hamda ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor
vazifalaridan biri etib belgilaydi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Akademik halollik va ilmiytadqiqot etikasi kodeksi (keyingi o‘rinlarda – Kodeks deb yuritiladi) bilan
belgilanayotgan qoidalarga rioya qilish uchun asosiy mas’uliyat har bir talaba,
professor-o‘qituvchi va xodim zimmasiga yuklatiladi. Bunda Institutning har bir
a’zosi boshqalarning huquqlarini hurmat qilish, halollik va mas’uliyat tamoyillarini
namoyon etishi zarur.


