Pedagogika Fakulteti
Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti

Saidov Azamat Ismoilovich
Fakultet Dekani
- Qabul vaqti:
- Dushanba – Juma 14:00 dan 16:00 gacha
- Qabul telefon:
- +998 91 537 32 80
Biografiya (Mehnat faoliyati)
- 2001-2004 yy. - Samarqand shaxridagi oziq-ovqat kolleji psixologi
- 2004-2005 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik kasb-xunar kolleji psixologi
- 2006-2008 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti ilmiy tadqiqotchisi
- 2005-2011 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti
- 2011-2015 yy. - Samarqand davlat universitetining psixologiya kafedrasi mudiri
- 2015-2016 yy. - Samarqand davlat universitetining pedagogika fakul’teti dekani
- 2016-2018 yy. - Buxoro davlat universitetining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori
- 2018-2018 yy. - Samarqand davlat chet tillar institutining talim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi
- 2018 -2022 yy- Samarqand davlat chet tillar institutining fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri
- 2022 -2025yy. Samarqand davlat chet tillar institutining Magistratura bo‘limi boshlig‘i
- 2025 - h.v. Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Dekani
Pedagogika fakulteti tarkibi haqida MA’LUMOT
| T/r | FISh | Ilmiy darajasi | Mutaxassisligi |
|---|---|---|---|
| 1 | Saidov Azamat Ismoilovich | Psixologiya fanlari doktori (DSc) professor | Psixologiya |
| 2 | Xolmurodov Maxmud Ashirboevich | Yo‘q | Matematika |
| 3 | Tadjiyev Abbos Erkinjonovich | Yo’q | Musiqa ta’limi |
| 4 | To‘rayeva Nilufar Rashidovna | Yo’q | Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi |
| 5 | Hamidov Javlon Erdon o‘g‘li | Yo‘q | Cholg‘u ijrochiligi |
| 6 | Kasimova Dilnoza Akbar-alievna | Yo’q | Dizayn, (intererni loyihalash) |

Saidov Azamat Ismoilovich
Psixologiya fanlari doktori (DSc) professor

Xolmurodov Maxmud Ashirboevich
Yo‘q

Tadjiyev Abbos Erkinjonovich
Yo’q

To‘rayeva Nilufar Rashidovna
Yo’q

Hamidov Javlon Erdon o‘g‘li
Yo‘q

Kasimova Dilnoza Akbar-alievna
Yo’q
Fakultet haqida to‘liq ma’lumot
Institut haqida umumiy ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 4-iyundagi 178-son buyrug‘i bilan Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga o‘zgartirildi.
Fakultet tuzilmasi
Fakultetlar soni 3 ta bo‘lib, Pedagogika fakulteti, Filologiya fakulteti, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashkil etildi.
Pedagogika fakulteti tarkibi va kadrlar
Pedagogika fakulteti tarkibida asosiy ikkita kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yildi: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi va Amaliy fanlar va sport kafedralari.
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasida 29 nafar professor-o‘qituvchilar bo‘lib, shundan 19 nafari asosiy shtat asosida faoliyat olib borishadi, 12 nafari ilmiy darajali hisoblanadi.
- Amaliy fanlar va sport kafedrasida jami 12 nafar professor-o‘qituvchilar faliyat olib boradi, ilmiy darajali o‘qituvchilar 2 nafarni tashkil etadi.
To‘garaklar faoliyati
2025-2026-o‘quv yilida fakultetda jami 19 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:
- Ilmiy to‘garaklar: 2 ta
- Fan to‘garaklari: 14 ta
- Sport yo‘nalishidagi to‘garaklar: 2 ta
- Musiqa yo‘nalishidagi to‘garak: 1 ta
Ta’lim yo‘nalishlari va talabalar kontingenti
Fakultetda bugungi kunda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari mavjud:
Bakalavr yo‘nalishlari:
- Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika, Psixologiya, Texnologik ta’lim, Musiqa ta’limi, Jismoniy madaniyat, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
- Sirtqi ta'lim, Kechki ta’lim shakllari mavjud.
Magistratura mutaxassisliklari:
- Ta’lim tarbiya nazariyasi va tarixi
- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Talabalar soni:
- Kunduzgi ta’limda: 857 nafar talaba
- Sirtqi ta’limda: 331 nafar talaba
- Kechki ta’limda: 67 nafar talaba
- Magistraturada: 29 nafar talaba
Iqtidorli talabalar yutuqlari
Shomurodova Xulkaroy Sherbek qizi
- Oliy ta‘lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi viloyat miqyosidagi "Besh tashabbus" olimpiadasi 1-o‘rin.
Boks bo’yicha qizlar (60 kg)
- O’zbekiston chempionati (2021-2025)
- Osiyo chempionati (2023-2025)
- Jahon chempionati (2025)
Murodullayeva Jasmina Sherali qizi
- Jahon chempionati 2021 (Armrestling)
- Osiyo 2019 (Armrestling, 50kg)
- O’zbekiston Armrestling kubogi — 4 karra 1-o‘rin


