Xorijiy talabalar va Xorijdagi vatandoshlar uchun qabul - Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti
Yo‘nalishlar
- O‘zbek tili
- Rus tili
- Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha
- 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi
Tanlov shartlari (Xorijdagi vatandoshlar uchun):
- Hozirda xorijda doimiy yashayotgan shaxs bo‘lishi;
- 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
- O‘zbek tilini bilishi lozim.
Xalqaro talabalarning hujjatlari topshirilgunga qadar notarial tasdiqlanishi kerak. Quyidagi hujjatlar:
- Bakalavrga topshiruvchilar uchun: O’rta maxsus ta’limni (maktab, kollej yoki litsey) tugatganligini tasdiqlovchi hujjat ilovasi bilan;
- Magistratura va ikkinchi oliy ta’limga topshiruvchilar uchun: Bakalavr diplom ilovasi bilan birgalikda.
Qo‘shimcha savol yoki muammolar uchun KatDPI xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling:
- xalqaro@katdpi.uz
- Telefon
- +998 88 579-99-00


