Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi

Axrorov Voris Yunusovich
Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i
- Qabul vaqti:
- Dushanba 09:00 - 11:00
- Telefon:
- +998 91 543 53 49
- E-mail:
- voris1983@mail.ru
Facebook: v.axrorov
Telegram @voris1983
- 2003-2007 y.y. – Samarqand davlat universiteti talabasi
- 2007-2009 y.y. – Samarqand davlat universiteti magistranti
- 2009-2011 y.y. – Samarqand davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
- 2011-2012 y.y. – Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
- 2012-2018 y.y. – Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
- 2013-2018 y.y. – Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari
- 2018-2020 y.y. – Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
- 2020-2022 y.y. – Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
- 2022-2022 y.y. – Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg’on filiali ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig’i
- 2022 y. - 2025 y. – Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg’on filiali ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig’i
- 2025 y. - h.v. – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig’i
- Bo‘lim o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Ta’lim sifatini ta’minlash departamenti hamda Filial direktorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi. Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda Filial direktori hamda Ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga taqdim etadi.
- Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning Davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish.
- Attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda Filialda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini ustidan nazorat o‘rnatish.
- Bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish.
- Dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish.
- Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish.
- O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbiq masalalarini monitoringini yuritish.
- O‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish.
- Filial Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish.
- Filialning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish.
- Filial professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish, ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini, mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni Filial direktoriga ma’lum qilish.
- Filial reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni Filial rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish.
- Filial talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash.
- Filial tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish.
- Filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar istemolchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish.
- Filialda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish.
- Filialda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish.
- Filialda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish.
- Filialni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni Filial direktori va Ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga taqdim etish.
- Filialning tarkibiy tuzilmalari (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz) pedagog xodimlarining kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Filial rahbariga takliflar kiritish.
- Professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish.
- Professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish.
- Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish.
- Ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Filial rahbariyatiga taqdim etish.
- Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan kamchiliklar va muammolar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish.
- Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.
- Ta’lim sifatini ta’minlash departamentining topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.
- Ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish.
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash.
Bo‘lim faoliyatidan lavhalar
Bo‘lim Hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriTa'lim sifati siyosatiTa'lim sifatini ta'minlash NIZOMTa'lim sifatini ichki ta'minlash tizimiIchki sifat monitoringi va audit tartibiO'quv jarayoni sifatini baholashSo'rovnomalar o'tkazish bo'yicha yo'riqnomaAkademik halollikTa'lim sifatini ta'minlashga oid hujjatlar


