Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash

Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi

17:05 24.01.2025 | 2433

Muddat
25.02.2025 23:55
Tur
101-tur | Amaliy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.

Fan yoʻnalishlari

  • Pedagogika va psixologiya fanlari
  • Texnika fanlari
  • Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
  • Iqtisodiyot fanlari
  • Tibbiyot fanlari
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
  • Filologiya va ijtimoiy fanlar

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (www.loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 25-fevralga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlov shartlari

  • Loyiha ilmiy jamoasining oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi lozim.
  • Ilmiy jamoada yosh olimlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi maqsadga muvofiq.
  • Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun salohiyatga ega ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin.
  • Ilmiy loyiha hujjatlari elektron platformaga yuklanishi shart.

Tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga tashrif buyuring: Tanlov sahifasi

Bog‘lanish uchun

Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimi: +99871 203-32-23 (413)

Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi | KatDPI