“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” tanlovi
18:21 16.01.2025 | 2178
Muddat: 16.03.2025 23:59
Tanlovning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Tanlov haqida
Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi belgilangan “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni ko‘rib chiqib, tanlab olish tartibi”ga muvofiq “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” bo‘yicha startap loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak.
- Yoshi 40 yoshdan oshmasligi lozim.
- Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.
Tanlovga topshiriladigan startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar
- Faktoring sohasiga tegishli bo‘lishi.
- Innovatsion elementga ega bo‘lishi.
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi.
- Mablag‘lar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi va asoslantirilishi.
- 12 oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi.
- Startap loyihaning haqqoniyligi va ishonchliligi isbotlangan bo‘lishi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar yuborish
Tanlov doirasida arizalar 2025-yilning 16-yanvar kunidan 16-mart kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, elektron shaklda startup.ilmiy.uz platformasi orqali topshirilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar “Bo‘lajak olim” tanlovi talablariga mos ravishda to‘liq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligini, ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ariza mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.


