“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi
Ro'yxatdan o'tish: vorislar.uz
Mirzo Ulug‘bek haqida
Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi va davlat arbobi.
Tanlov haqida
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
Tanlovda aniq bir g‘oya va loyihalari bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Yo‘nalishlar va sohalar chegaralanmagan (Misol uchun: IT texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, tibbiyot va boshqalar). Tanlovning tuman bosqichida qatnashish uchun IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi kerak.
Tanlov bosqichlari
- 1
1-bosqich
Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanma oladi.
- 2
2-bosqich
Aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi.
- 3
3-bosqich
May oyida o‘tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi deb topiladi.
Statistika
- Ro’yhatdan o’tgan ishtirokchilar soni: 7441
- IQ Testdan muvafaqqiyatli o'tgan ishtirokchilar soni: 0
- IQ Test topshirgan ishtirokchilar soni: 0
- Loyiha taqdimotini yuklagan ishtirokchilar soni: 0
G‘oliblar taqdirlash
- 1-bosqich: G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
- 2-bosqich: G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
- 3-bosqich: G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.
Tashkilotchilar
- Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulugbek” jamg‘armasi
- Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
- Yoshlar ishlari agentligi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi
- Toshkent shahar Hokimligi
- Viloyatlar Hokimliklari
Qo'shimcha ma'lumot
Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99894 128 92 62


