“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” tanlovi
Muddat: 16.03.2025 23:59
Tanlovning asosiy maqsadi
O‘zbekiston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak.
- 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim.
- Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi mumkin.
Startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar
- Loyiha faqat Faktoring sohasiga tegishli bo‘lishi kerak.
- Ilmiy yangilik yoki innovatsion elementga asoslangan bo‘lishi kerak.
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi muammolar yechimiga qaratilgan bo‘lishi lozim.
- Moliyaviy talablar aniq ko‘rsatilishi va asoslantirilishi kerak.
- Amalga oshirish muddati 12 oydan oshmasligi lozim.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar yuborish
Arizalar 2025-yil 16-yanvardan 16-mart kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. Tanlovga taqdim etiladigan arizalar “startup.ilmiy.uz” platformasi orqali elektron shaklda topshirilishi lozim.


