Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash

Oquv uslubiy boshqarma

ilhommadatov7@gmail.com

Biografiya

1993-yil, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani

Mehnat staji 8 yil

Pedagogik staji 6 yil

2023-yildan buyon pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).

2023-yil 21-yanvarda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 raqamli Ilmiy Kengashida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi.

Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etishni blended learning texnologiyasi asosida takomillashtirish (pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan

O‘quv-uslubiy sohada ijobiy natijalarga erishgan balki, ilmiy-tadqiqot sohasida ham samarali mehnat qilmoqda

Mualliflikda 30 dan ortiq ilmiy ishlar jumladan 1 ta darslik

2 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 5 ta,

Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda 13 ta, xalqaro va respublika ilmiy amaliy anjumanlarda 12 ga yaqin tezislari e’lon qilingan.

Boshqarma faoliyati

Boshqarma Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Boshqarma-o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

Boshqarma Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

Boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

Fakultetlar soni-2 ta

Kafedralar soni- 5 ta

Ta’lim shakllari: Kunduzgi

Sirtqi.

Talim yo`nalishlari – 20 ta

Boshqarmaning asosiy vazifalari

Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;

Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

Filial fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va Filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;

Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;

Talabalar davomatini tahlil etish;

Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;

Filialdagi barcha fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;

Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;

Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;

Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;

O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;

Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;

Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;

Oʻquv-uslubiy boshqarmasi

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i rasmi

F.I.O.: Madatov Ilhom Yusup oʻgli

Lavozimi: Boshqarma boshlig‘i

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba 14:00 dan 16:00 gacha

Telefon:

E-mail:

Oquv uslubiy boshqarma | KatDPI