Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash

Talabalar turar joyi

rashidovkh94@gmail.com

Biografiya

2010-2013 yy. Samarqand davlat Arxitektura va Qurilish Instituti qoshidagi 1-son Akademik litsey o‘quvchisi

2015-2019 yy. Samarqand davlat universiteti talabasi

2019-2021 yy. Samarqand davlat Universitetining magistranti

2021-2024 yy. Samarqand davlat Universitetining Kattaqo‘rg’on filialida tyutor

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg’on filialida Talabalar turar joylarini muvofiqlashtirish bo‘limida bosh mutaxassis

2025-y-x.v

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Talabalar turar joylarini muvofiqlashtirish bo‘limida bosh mutaxassis

Bo‘lim faoliyati

Bo‘lim Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorining 7-bandida davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan to‘rttagacha shtat birligidan iborat “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruchi bo‘lim” tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Oliy o‘rta ta’lim vazirining 2021-yil 13-sentabrdagi 390-son buyrug‘iga muvofiq, davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim lavozimlarini kiritish ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim” joriy qilindi. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘I (Bosh mutaxassisi) Nizom asosida KatDPI Yoshlar masalalari, ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tavsiyasiga asosan direktor tomonidan tayinlanadi;

Bo‘lim - faoliyati Yoshlar masalalari, ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi va har oy yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim qiladi;

Bo‘limning asosiy vazifalari

Talabalar turar joylarida, ijara va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarni yashash manzillarini ro‘yxatga olish, lokatsiya xaritasini yaratish va yangilab borish;

Talabalar turar joylari va xususiy ijarada yashovchi talabalarning turar joy va maishiy shart-sharoitlarini tahlil qilish, muammolarni o‘rganish va ularning sharoitlarini yaxshilash choralarini ko‘rish;

Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

Tasarrufdagi talabalar turar joylaridagi o‘rinlarga talabalarni joylashtirishda muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarish: bunda ehtiyojmand talabalarning arizalarini Talabalarni turar joy bilan ta’minlash nizomiga muvofiq o‘rganib chiqadi va Yoshlar masalalari, ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga kiritadi;

Tasarrufdagi talabalar turar joyi tozaligi, sanitariya holati, talabalarning yashash sharoitlarini muntazam o‘rganib borish;

Ijarada yashovchi talabalarning ijara bank ma’lumotini umumlashtiradi, tyutorlar bilan hamkorlikda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam tanishib borib, u yerda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga ijrosi ishlarni muvofiqlashtiradi, ariza bilan murojaat qilgan talabalarning ro‘yxatini shakllantiradi va talabgorlar ro‘yxatini tanlab olish komissiyasi a’zolariga taqdim etadi.

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim

Talabalar turar joy bo‘limi bosh mutaxassisi rasmi

F.I.O.: Rashidov Husniddin Xolxo‘ja o‘g‘li

Lavozimi: Bosh mutaxassis

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba 10:00 dan 16:00 gacha

Telefon:

E-mail: Bo‘lim faoliyatidan lavhalar

Bo‘lim faoliyati taqdimoti

Talabalar turar joyi | KatDPI