Xodimlar bolimi
Biografiya
2004-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
2008-2010 yy. - Toshkent davlat madaniyat instituti magistratura talabasi
2009-2011 yy. - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti falsafa kafedrasi o‘qituvchisi
2011-2012 yy. - Narpay tumanidagi “Ijtimoiy-iqtisodiyot” kolleji “Ma’naviyat asoslari va milliy istiqlol g‘oyasi” fani o‘qituvchisi
2012-2019 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey o‘qituvchisi
2021-y. 04-07.
- Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq ta’limi bo‘limi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi” mutaxassisi
2021-yil 29.07-2025
- Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali “Xodimlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i
2021-yil 06.09-2025
Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali “Biznesni boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi
2025-yil-x.v
- Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti “Xodimlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i
Bo‘lim faoliyati
Bо‘lim Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti tarkibiy bо‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘grisidagi qonuni”ga,“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga, Oliy ta’lim to‘grisidagi Nizom va filial Nizomiga hamda Mehnat Qonunchiligi me’yoriy huquqiy hujjatlariga, filial Rektori buyruqlariga, ko‘rsatmalariga, yo‘riqnomalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Kadrlar bo‘limi universitet va bo‘lim nomi yozilgan yumaloq muhrga ega;
Yumaloq muhr kadrlar bo‘limi boshlig‘i yoki boshliq tomonidan mas’ul etib tayinlangan xodim ixtiyorida bo‘ladi.
Bo‘lim boshligi “professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xo‘jalik xodimlari bilan ishlash”, “O‘quv-yordamchi xodimlar bilan ishlash”, “Pensiyalarni rasmiylashtirish”, “Bakalavr va magistrantlar bilan ishlash, “Devonxona va arxiv” tuzilmalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi
Bо‘limning asosiy vazifalari
Xodimlar bilan ishlash bo‘limining asosiy vazifalari:
Ishga olingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
Filial professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ma’muriy xo‘jalik-xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;
Filial professor-o‘qituvchilari hamda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlarining davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko‘maklashish;
Filial nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;
Filial xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish;
Filialning bakalavriat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestatsiya komissiyasi qarori asosida universitet rektorining buyrug’iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish;
O‘qishga qabul qilingan talabalarning shaxsiy hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash;
Bitiruvchi talabalarga diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni o‘rnatilgan tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;
Filialning bakalavriat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma‘lumotlar bankini yaratadi;
Xodimlar bilan ishlash bo‘limi
F.I.O.: Ibragimov Jahongir Toshniyozovich
Lavozimi: Bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqti: Dushanba – Juma 10:00 dan 16:00 gacha
Telefon:
E-mail: jahongir.5066@gmail.com
Bo‘lim faoliyati taqdimoti
Bo‘lim Hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
O‘zbekiston Respublikasi kontitutsiya


