Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash

Filial direktori

@samdukf_murojaat_bot

rektor@katdpi.uz

Biografiya

2003-2006 yy. SamDU Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

2006-2011 yy. SamDU Pedagogika fakulteti Amaliy pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

2011-2015 yy.

2015-2020 yy. SamDU Pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2020-2020 yy. SamDU Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

2020-2021 yy. SamDU huzuridagi Jomboy raqamli texnologiyalar texnikumi direktori

2021 y.- 2025 y.

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori

2025 y.h.v.q.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori

Vazifa va funksiyalari

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo’linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo’llash;

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini ta’minlash;

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalarda milliy g’oyani shakllantirish;

Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi qabul qilish, o’qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;

Professor-o’qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;

Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o’quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg’ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali mutaxassislar tayyorlanadigan yo’nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo’naltirib borish;

Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo’nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o’rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, filial Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, universitetning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish, tugatish, o’zgartirish;

Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo’shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;

Ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.

Institut Rektori

Direktor rasmi

F.I.O.: Urakov Sherzod Rahmonovich

Pedagogika fanlari doktori (DSc)

Lavozimi:

Qabul vaqti: Chorshanba 14:00 - 16:00

Telefon:

Online murojaat:

E-mail:

https://t.me/samdukf_murojaat_bot

Filial direktori | KatDPI