
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosarlari talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
30.10.2025 soat 17:18Davra suhbatlariMatbuot39
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova va J.G‘aniyev, shuningdek, shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Mahallalar uyushmasi raisi, shahar kengashi deputatlari Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va takliflarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida iste’dodli va iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, uchrashuv ko‘tarinki ruhda yakunlandi.





