
Talabalar o‘rtasida “Estafeta” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
05.11.2025 soat 13:10SeminarlarMatbuot76
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish maqsadida “Estafeta” sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida jamoalar chaqqonlik, tezkorlik va uyg‘unlik bo‘yicha 11 turda o‘zaro bellashdilar. Maydonda jo‘shqin kayfiyat, faol ishtirok va haqiqiy jamoaviy ruh hukm surdi.
Faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Musobaqa talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.








