
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida professor-öqituvçilar uçun “Siyosiy-maʼrifat soati”ning navbatdagi soni taşkil etildi. Tadbir davomida bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan atrofliça maʼlumot berildi.
Maʼruzaçi tomonidan Samarqand şahrida ötkazilayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti – YuNESKOning 43-boş konferensiyasi, şuningdek, Davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyo va AQŞ sammitidagi iştiroki, hamda jahonda röy berayotgan muhim voqea va hodisalar haqida batafsil tuşunça berildi.
Tadbir iştirokçilari siyosiy jarayonlar, xalqaro hamkorlik va mamlakatimiz taşqi siyosatining dolzarb yönalişlari böyiça yangiliklar bilan tanişdilar.