“BAG‘RIKENGLIK” MAVZUSIDA MA’RIFIY DARS
“Kelajak soati” rukni doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida institut rektori Sherzod Urakov talabalarga “Bag‘rikenglik” mavzusida ma’rifiy dars o‘tdi.
Tadbirda talabalarda bag‘rikenglik, insonparvarlik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ularni turli fikr, millat, din va madaniyatlarga nisbatan hurmat va bag‘rikeng munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.
Ma’rifat darsi davomida rektor bag‘rikenglik – jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlovchi, inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi muhim fazilat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, talabalar bilan o‘zaro muloqot shaklida bag‘rikenglikning hayotdagi ahamiyati, millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi roli haqida tahliliy fikr almashildi.
Mazkur dars yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni insonparvarlik va hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.











