
Google Docs, Sheets va Slides bilan samarali jamoaviy ish
10.11.2025 soat 17:31SeminarlarMatbuot28
Kattaqo‘rg‘on shahridagi 18-,20-umumta’lim maktablarida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchilari O.Sag‘dullayev, E.Shukurov va M.Yaxyoevlar tomonidan “Bulutli texnologiyalar asosida samarali jamoaviy ishni tashkil etish: Google Docs, Sheets va Slides imkoniyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar bulutli texnologiyalar yordamida hujjatlarni birgalikda tahrirlash va ma’lumot almashish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatlari bilan tanishdilar. Seminar zamonaviy raqamli vositalarni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash bo‘yicha qimmatli ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.




