Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
KASABA UYUSHMALARI KUNI – JAMOAVIYLIK VA BIRDAMLIK BAYRAMI SIFATIDA NISHONLANDI

KASABA UYUSHMALARI KUNI – JAMOAVIYLIK VA BIRDAMLIK BAYRAMI SIFATIDA NISHONLANDI

11.11.2025 soat 16:47UchrashuvlarMatbuot29

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O.Xaitov rahbarligida tashkil etildi. Dastlab faollar zalida ishtirokchilarga mamlakatimizda kasaba uyushmalari tizimining shakllanish tarixi, 120 yillik faoliyati davomida mehnatkashlar manfaatlarini himoya etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar hamda ularning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng institut jamoasi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirlar jarayonida faol ishtirok etgan xodimlarga kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Mazkur tadbirlar kasaba uyushmalari a’zolari o‘rtasida birdamlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi bundan buyon ham xodimlar va talabalarning manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy hayotini yanada boyitishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (7)