O‘zbek milliy taomlari festivali: Qadriyatlarimizga e’tibor
19.11.2025 soat 16:36Uchrashuvlar27
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari tomonidan “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida O‘zbekistonning turli hududlariga xos milliy taomlar festivali tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani G.Pirnazarov ochib berdi.
Festival davomida talabalar tomonidan milliy taomlar tayyorlanib, ular haqida qisqa sharh va ma’lumotlar taqdim qilindi. Tadbirda fakultet dekani, ma’naviyat bo‘limi xodimlari, dekan o‘rinbosari, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.


