
Talabalar ligasining 1-bosqich uchrashuvlari o‘tkazildi
20.11.2025 soat 16:06Yig'ilishlarMatbuot25
Talabalarda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yosh iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada mustahkamlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi”ning 1-bosqich uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu bosqich doirasida sportning tennis, voleybol, shashka va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.







