TALABALARNING MA’NAVIY SALOHIYATI SINOVDAN O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, sahna madaniyatini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda faolligini ta’minlash maqsadida “Yosh ma’naviyatchi” tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda institutning iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etib, o‘z ma’naviy dunyoqarashi, notiqlik mahorati va sahnadagi o‘zini tutish madaniyatini namoyish qildilar. Ishtirokchilar Vatan tuyg‘usi, yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib etish kabi mavzularda chiqishlar bilan qatnashdilar.
Tajribali mutaxassislar va pedagoglardan iborat hakamlar hay’ati belgilangan baholash mezonlariga tayangan holda musobaqa g‘oliblarini aniqladi. Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egalladilar:
🥇 1-o‘rin – Komiljonova Sevinch
🥈 2-o‘rin – Ulasheva Madina
🥉 3-o‘rin – Jo‘raqulova Muattar
🥉 3-o‘rin – Shakarova Ozoda
Ushbu tanlov institutda yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, ularni zukko, faol va tashabbuskor sifatida kamol toptirish yo‘lidagi muhim loyihalardan biri hisoblanadi.


