
SHOIRA QIZIMIZNING IKKINCHI KITOBI NASHR QILINDI
Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetida O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi Ruvshana Bekmurodovaning yangi nashrdan chiqqan "Qalbimdan to qalbimgacha" nomli she'riy to'plamining taqdimotiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
"Mushoira" klubi tomonidan tashkil qilingan tadbirda klub a'zolari, fakultet dekani Anvar Sobirov, O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Javlon Quchqorov, klub rahbari Dilafruz Soyipova, Yoshlar yetakchisi Husniddin Rashidov qatnashib, shoirani qutlashdi.
Talabalar shoira kitobidan o'rin olgan ijod namunalaridan aytishdi.
Darhaqiqat, R.Bekmurodovaning bundan avval "Moychechagim ifori" nomli kitobi ham chiqqan, shuningdek, uning respublika hamda xorijiy matbuotlarda ham qator she'rlari nashr qilingan!
Ijodiy barkamollik tilaymiz!


