
QATAG‘ON DAVRI ZIYOLILARI HAYOTI VA JASORATIGA BAG‘ISHLANGAN MA’RIFIY TADBIR
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida qatag‘on qurbonlarining Vatan ozodligi hamda millat kelajagi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiliklarini yoritish, ularning bebaho merosini chuqur anglashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etib, qatag‘on yillarida millat ravnaqi, istiqlol va ozodlik uchun kurashgan ziyolilar hayoti hamda ularning ma’rifatparvarlik yo‘lidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’ruzachilar qatag‘on davrining tarixiy saboqlari, siyosiy ta’qib ostida qolgan fidoyi ajdodlarimizning matonati va jasorati, shuningdek, bugungi kunda ularning merosini o‘rganish va targ‘ib etishning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratdilar.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan savollar berildi, tarixiy videomateriallar va suratlar namoyish etildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv talabalarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda ajdodlar merosidan ibrat olishga xizmat qildi.






