
KITOB MENING DO‘STIM: CHO‘LPON ASARLARI BILAN MA’RIFIY SAYOHAT
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida “Kitob mening do‘stim” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida, fakultet talabalari ishtirokida tashkil etilib, Abdulhamid Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romani badiiy tahlil qilindi.
Tadbirda fakultet dekani, dekan o‘rinbosari, o‘qituvchilar, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etib, asarda ko‘tarilgan g‘oyalar, yuksak insoniy fazilatlar hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir ishtirokchilari “Kitob mening do‘stim” shiori ostida kitobga bo‘lgan ehtirom va uni hayotimizdagi ahamiyati haqida chuqur mulohaza yuritdilar, yosh avlodni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashdagi kitobning beqiyos o‘rnini qayd etdilar.







