Qabul davomida talabalarning taʼlim olişi, yaşaş şaroitlari, ijtimoiy qöllab-quvvatlanişi, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ilmiy va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Şuningdek, taʼlim jarayonini yanada takomillaştiriş, talabalar uçun yaratilgan
şaroitlarni yaxşilaş hamda institut faoliyatiga oid boşqa dolzarb masalalar
körib çiqildi.
Rektor har bir murojaatni diqqat bilan tinglab,
kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berdi. Öz yeçimini talab
etadigan murojaatlar böyiça masʼul rahbar va bölimlarga aniq topşiriqlar
berilib, ularning ijrosini nazoratga oliş zarurligi taʼkidlandi.