Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

11.12.2025 soat 16:43Yig'ilishlarMatbuot25

Yig‘ilishga Kengash raisi o‘rinbosari, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mustafayev raislik qildi. Yig‘ilishda fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, yo‘nalish tyutorlari, institut psixologlari hamda Kengash a’zolari ishtirok etdi.
Kun tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur Farmon ijrosi doirasida bugun soat 10:00 da Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkazilgan “Millat genofondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar” mavzusidagi kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlarni institut miqyosida samarali amalga oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ushbu yo‘nalishda tizimli va izchil faoliyatni davom ettirish vazifasi belgilab olindi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (6)