
Institut professor-o‘qituvchilari PRESETT dasturi doirasida Britaniya tajribasiga asoslangan seminar-treninglarda qatnashdi
Institut professor-o‘qituvchilari PRESETT dasturi doirasida Britaniya tajribasiga asoslangan seminar-treninglarda qatnashdi
2025-yil dekabr oyida Britaniya Kengashi tomonidan PRESETT dasturi doirasida respublika oliy ta’lim muassasalari uchun tashkil etilgan seminar-treninglar Samarqand davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar-treninglarda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.
Seminar-treninglar jarayonida institut professor-o‘qituvchilari zamonaviy xorijiy tillarni o‘qitish metodikalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.






