Rektor va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
23.12.2025 soat 15:57Davra suhbatlariMatbuot26
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov tomonidan institut talabalari bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘quv jarayonlarini tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, imtihon jarayonlari, talabalar turar joyi hamda ijara masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bildirilgan murojaat va takliflarga rektor tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv talabalarning muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ular bilan ochiq muloqot o‘rnatish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.


