
Ta’limda STEM va STEAM texnologiyalariga bag‘ishlangan ilmiy monografiya nashr etildi
30.12.2025 soat 11:41Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot20
Pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent Zulayxo Nazarovaning “Ta’limda STEM va STEAM texnologiyalari” nomli ilmiy monografiyasi nashr etildi.
Mazkur monografiyada umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim tizimida STEM hamda STEAM ta’limining mazmun-mohiyati, ushbu yo‘nalishlarga oid asosiy tushunchalar, ularni ta’lim jarayoniga joriy etishning pedagogik asoslari yoritilgan. Shuningdek, STEM va STEAM texnologiyalarining afzalliklari hamda ularni amalga oshirish bosqichlariga doir ilmiy-nazariy va amaliy jihatlar batafsil tahlil qilingan.
Ushbu monografiya pedagoglar, tadqiqotchilar hamda ta’lim sohasi mutaxassislari uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.




