
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-öqituvçilarga yetkaziş va keng tarğib qiliş maqsadida öquv-seminari taşkil etildi.
Seminar davomida Davlatimiz Rahbarining Murojaatnomasida sönggi 9 yil davomida yurtimizda amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar natijasida erişilgan muhim amaliy yutuqlar, şuningdek, 2026-yilda jamiyat hayotining barça sohalarida amalga oşirilişi belgilangan ustuvor vazifalar maʼruzaçilar Öquv işlari böyiça prorektor S.Elmonov hamda Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Javlon Quçqorov tomonidan atrofliça tuşuntirildi.
Qişki taʼtil yakunlanib, öquv jarayonlari boşlangaç, Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkaziş böyiça alohida çora-tadbirlar işlab çiqildi va belgilab olindi.
Mazkur seminar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ğoya va taşabbuslarni taʼlim tizimida samarali tatbiq etiş, yoşlar ongiga yetkaziş hamda ularning fuqarolik masʼuliyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.