
Talabalar qishki ta’tildan qaytmoqda
10.01.2026 soat 10:31YangiliklarMatbuot21
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarning qishki ta’tildan so‘ng o‘quv jarayoniga qaytish jarayoni boshlandi. Institut talabalari Talabalar turar joylari (TTJ) hamda ijara xonadonlariga bosqichma-bosqich joylashmoqda.
Mazkur jarayon doirasida yo‘nalish tyutorlari tomonidan talabalar kutib olinib, ularning yashash sharoitlari holati o‘rganilmoqda. Shuningdek, talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, ichki tartib-qoidalar hamda o‘quv jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuvlar davomida talabalar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.







