
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar maslahat kengaşi taşabbusi bilan talaba-qizlar iştirokida “Yangi oilaviy tarbiya konsepsiyasi” mavzusida uçraşuv ötkazildi.
Unda konsepsiyaning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Muloqot davomida talaba-qizlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Taʼkidlanganidek, oilaviy tarbiya – barkamol avlodni voyaga yetkaziş, jamiyat barqarorligini taʼminlaş va yurt kelajagini mustahkamlaşning muhim omilidir.