
ZAKOVAT O‘YININING TALABALAR LIGASI 4-TURIDA ADOLAT JAMOASI G‘OLIB BO‘LDI
30.01.2026 soat 11:09Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot16
Yangi semestr an’anaviy “Zakovat” intellektual o‘yini bilan boshlandi. 2026-yilning ilk bahsi Talabalar ligasining 4-turi doirasida tashkil etildi.
Mantiqiy tafakkur va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etgan ushbu intellektual bellashuv sog‘lom raqobat, yuqori kayfiyat va faol muhitda o‘tdi. Talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘yin yakunlariga ko‘ra, Adolat jamoasi yanvar oyi Ittifoq Kubogi sohibiga aylandi.






