
2026-yil 30-yanvar kuni Samarqand şahridagi Yoşlar markazida “Yoşlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalişiga qarşi kuraşiş” mavzusida keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi doirasida matbuot anjumani taşkil etildi.
Anjumanda Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev, Viloyat hokimi örinbosari X.Tuxtayev, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari hamda viloyat boşqarma va taşkilot rahbarlari iştirok etdi.
Tadbir videoselektor şaklida tuman va şahar hokimliklariga uzatildi. Mazkur tadbirda Kattaqörğon şahar hokimligida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti dekan örinbosarlari, yönaliş tyutorlari, yoşlar yetakçisi, faol lider talabalar hamda institut profilaktika inspektori iştirok etdi.
Anjumanda Alişer Saʼdullayev sözga çiqib, yoşlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalişini oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning dolzarbligi va ahamiyatini taʼkidladi.