
“Zamonaviy dasturlash tillari I” o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi
02.02.2026 soat 13:30YangiliklarMatbuot21
Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Himmatov muallifligida “Zamonaviy dasturlash tillari I” nomli o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqarildi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining asosiy va muhim tamoyillarini oson hamda tushunarli tarzda o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan. Qo‘llanmada har bir mavzu nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashqlar orqali yoritilgan bo‘lib, bu talabalarning bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Nashrdan chiqqan o‘quv qo‘llanma institut Axborot-resurs markaziga topshirildi hamda undan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyati yaratildi.



