
“Eko klub” volontyorlaridan navbatdagi ekologik tashabbus
04.02.2026 soat 11:18Ekofaol talabalarMatbuot20
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining fidoiy va tashabbuskor yoshlaridan iborat “Eko klub” volontyorlari o‘z an’analariga sodiq qolgan holda navbatdagi ezgu tashabbusni amalga oshirdi. “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!” shiori ostida tashkil etilgan aksiya doirasida volontyorlar institut atrofidagi mahalla hududlarini maishiy chiqindilardan tozalash ishlarini olib bordilar.
Mazkur tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholi o‘rtasida tozalik va mas’uliyat hissini mustahkamlashga qaratildi. Volontyorlar tomonidan amalga oshirilgan ushbu sa’y-harakatlar natijasida mahalla hududlarida sanitariya holati yaxshilandi.





