
Talabalar bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Mustafayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Ishmuradov, institut psixologi M.Sulaymonov, shuningdek, profilaktika inspektori X.Xaydarov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida giyohvandlik va narkojinoyatlarning jamiyat, ayniqsa yoshlar salomatligiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, yoshlarni psixofaol moddalardan himoya qilish, ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni zararli illatlardan asrash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.








