
Talabalar va xodimlar uchun mini-futbol mashg‘ulotlari tashkil etildi
05.02.2026 soat 12:23Sport klubiMatbuot35
Kattaqo“rg‘on davlat pedagogika institutida "Sport – sog‘liq garovi” tamoyiliga muvofiq, Amaliy fanlar va sport kafedrasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda xodimlar va talabalar o‘rtasida sport madaniyatini shakllantirish maqsadida har haftaning chorshanba kunlari muntazam sport mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur sport mashg‘ulotlari doirasida turli sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilib, navbatdagi tadbir mini-futbol sport turiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar mini-futbol qoidalari bilan tanishtirildi, texnik va taktik mashqlar bajarildi hamda amaliy o‘yinlar tashkil etildi.





