
Pedagogika fakulteti magistrantlari bilan uchrashuv
20.02.2026 soat 15:18YangiliklarMatbuot18
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori F.Sirojiddinov Pedagogika fakulteti magistrantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda fakultet dekani, professor A.Saidov, kafedra mudiri, dotsent T.Eshquvvatov hamda fakultet magistrantlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari, ularning mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari hamda tadqiqotlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, dolzarb mavzularni tanlash va natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.





