Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
O‘ZBEKISTON – BAG‘RIKENG DIYOR

O‘ZBEKISTON – BAG‘RIKENG DIYOR

23.02.2026 soat 17:22YangiliklarMatbuot23

Yoshlarni vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori Sh.Mustafayev Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar mutaxassisi B.Qodirov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan muloqot qildilar.
Tadbir davomida yurtimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, totuvlik va bag‘rikenglik muhiti qaror topgani, bu esa mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar millatlararo do‘stlikni yanada mustahkamlash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etdilar.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (5)