UYG‘ONISH SADOSI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahridagi Majidiy drama teatrida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti “Majidiy izdoshlari” teatr jamoasi tomonidan jadidlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Uyg‘onish sadosi” nomli sahna asari namoyish etildi.
Ushbu jamoa “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lib, spektaklda jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lida olib borgan fidokorona kurashi, millat ravnaqi uchun sa’y-harakatlari va ozod, taraqqiyparvar jamiyat haqidagi orzu-intilishlari badiiy talqinda aks etgan.
Tadbirda institut rektori Sherzod Urakov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir yakunida “Yurtim qadriyatlari” respublika tanlovining birinchi fakultetlararo bosqichida 1-o‘rinni egallagan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari hamda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Tafakkur” jamoasi a’zolari esdalik diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.









