
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari örtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida basketbol turi böyiça bellaşuvlar yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur musobaqalarning asosiy maqsadi talaba-yoşlar örtasida jismoniy faollikni oşiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş, ularning sportga bölgan qiziqişini yanada kuçaytiriş hamda böş vaqtlarini mazmunli va samarali taşkil etişdan iboratdir.
Şuningdek, musobaqalar orqali talabalarda sport madaniyatini şakllantiriş va rivojlantiriş, soğlom raqobat muhitini qaror toptiriş, özaro hurmat, döstlik va hamjihatlik tuyğularini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi.