
Talaba-yoshlar uchun voleybol to‘garagi mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi
06.03.2026 soat 18:15Sport klubiMatbuot24
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti sport klubi murabbiyi Ruxsora Umarova tashabbusi bilan talaba-yoshlar uchun voleybol to‘garagi mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar voleybol sport turining asosiy qoidalari bilan yaqindan tanishib, jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab bormoqda. Mazkur to‘garak talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.


