
Kattaqörğon davlat pedagogika institutiga Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Analitik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Rodin Igor Aleksandroviç, uşbu kafedra dotsenti, kimyo fanlari doktori Baygildiyev Temur Muratoviç, şuningdek Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori Xamza Trobov, kimyo fanlari doktori Alişer Işankulov taşrif buyurişdi.
Taşrif davomida mehmonlar institut rektori Şerzod Urakov bilan uçraşib, ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida ilmiy-taʼlimiy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda kelgusida hamkorlikda olib borilişi rejalaştirilayotgan istiqbolli yönalişlar yuzasidan fikr almaşdilar.
Şuningdek, taşrif doirasida institutning kimyo va biologiya yönalişlari professor-öqituvçilari hamda talabalari iştirokida ilmiy seminar ham taşkil etildi. Seminar davomida kimyo fanining dolzarb masalalari, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan maʼruzalar qilindi.
Mazkur uçraşuv va ilmiy seminar oliy taʼlim muassasalari örtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlaş, tajriba almaşiş hamda yoş tadqiqotçilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etişda muhim ahamiyat kasb etdi.