
“YANGI DARAХT – YANGI NAFAS” ECO-CHEMPIONATI O‘TKAZILDI
12.03.2026 soat 17:04Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot11
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatni asrashga bo‘lgan mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash hamda institut hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Yangi daraxt — yangi nafas” Eco-chempionati tashkil etildi.
Talabalar ushbu tashabbus doirasida institut hududida daraxt ko‘chatlari ekib, atrof-muhitni asrashga qaratilgan ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar. Tadbir davomida yoshlar tabiatga mehr, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yashil muhitni asrash borasidagi o‘z mas’uliyatlarini yana bir bor namoyon etdilar.






