
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği Mirjalol Qudratov iştirokida Indoneziyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri – ESA Unggul universiteti professor-öqituvçilari bilan onlayn uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuv davomida tomonlar özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar. Xususan, qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, yozgi maktab va lagerlarni taşkil etiş, şuningdek, talaba hamda professor-öqituvçilar almaşinuvini yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib borildi.
Muloqot jarayonida har ikki tomon öz taʼlim tizimi, ilmiy salohiyati hamda mavjud imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot taqdim etdi. Şuningdek, kelgusida hamkorlikni aniq yönalişlar asosida rivojlantiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va tajriba almaşişni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.