
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti talabalari Majidiy drama teatrida Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bağişlangan spektaklni tomoşa qilişdi.
Tadbirda Kattaqörğon şahar hokimi Gavhar Alimova, nuroniylar hamda taşkilot va korxona rahbarlari ham iştirok etdilar.
Drama teatr aktyorlari tomoşabinlar uçun Sohibqiron Amir Temurning tarixiy merosini jonli sahnada namoyiş etdilar. Uşbu spektakl talabalar va barça iştirokçilarda çuqur taassurot qoldirdi hamda milliy qadriyatlarimizga bölgan hurmatni yanada mustahkamladi.