
Ilmiy malaka oshirish: Selcuk universiteti
14.04.2026 soat 10:03Ilmiy-tadqiqiot faoliyatiMatbuot16
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri Zohid Shukurov Turkiyaning Selcuk universitetida malaka oshirmoqda.
Ushbu tashrif doirasida Prof. Dr. Erol Güngör nomidagi kutubxonada mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fakultet kotibi Mehmet Kahraman bilan ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va akademik aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ham muhokama qildilar.





